Articles

 





Шайтон





﴿ الشيطان ﴾








2009 - 1430


 


 


Ислом Нури





Маколалар


"Ahlussunna val-jamoa" kutubxonasi


Musulmon do`stim, dushmaningizni bilasizmi?


SHAYTON


Bismillahir rohmanir rohiym


Allohga hamdlar, rasululloh, uning oilasi, sahobalari va uni do`st tutgan barcha kishilarga salavot va salomlar bo`lsin.


So`ng ...


Shayton va inson qissasi Odam alayhissolatu vassalom bilan boshlandi va qiyomat kuniga qadar davom e`tadi. Bu qissa - otamiz Odam alayhissolatu vassalom bilan boshlangan, uning vafotidan so`ng e`sa zurriyotiga qarshi davom e`tgan kuchli adovatdir. Alloh va uning rasuli Muhammad sollallohu alayhi va sallam bizlarni Shayton va Shaytonning bizlarga qarshi adovatidan ogohlantirdilar hamda uning tuzoqlari va makrlariga tushib qolishdan qo`r`itdilar. Alloh ta`olo dedi: "Shayton sizlarga kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi. Alloh e`sa sizlarga o`zi tarafidan mag`firat va marhamatni va`da qiladi. Alloh karami keng va bilguvchi zotdir"; (Baqara: 268)


"Hoy mo`minlar, barchangiz tinchlikka kiringiz va Shaytonning rejalariga e`rgashmangiz. Shayton sizlarning ochiq dushmanlaringizdir"; (Baqara: 108)


"... Shayton misoliga o`xshaydi. Shayton insonga: "Kofir bo`l!" deydi va u kofir bo`lganidan so`ng: "Men sendan bezorman. Men barcha olamlar robbisi bo`lgan Allohdan qo`rqaman" deydi". (Hashr: 16)


Musulmon do`stim, biz ushbu nomada sizga Shaytonning umumiy ta`rifini: uning sifatlari, tuzoqlari, hiylalari va insonga qanday g`olib bo`lishini Allohning kitobi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlaridan iqtibos qilib bayon qilmoqchimiz. Toki barchamiz Shaytondan saqlanish va unga g`olib bo`lish yo`lini olaylik.


Alloh ta`olodan, ushbu noma bilan musulmonlarga, o`zlarining solih ajdodlari sahobalar, tobiinlar va ularga qiyomat kuniga qadar e`rgashgan barcha kimsalarning yo`liga, Allohning quyidagi so`zlariga muvofiq tarzda qaytishlarida, manfaatli qilishini so`raymiz. Alloh ta`olo dedi: "Sizlar xalqlar uchun chiqarilgan, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan va Allohga iymon keltiradigan xayrli millat bo`ldingiz". (Oli Imron: 110)


 Shayton hujumkor dushmandir.


Shayton o`zining yaralishidagi yomonligi, kibri va insonga bo`lgan adovatidan kelib chiqqan shafqatsiz urushni e`lon qildi va urush uchun Alloh ta`olodan izn oldi. Alloh ta`olo, o`zi bilgan hikmat uchun, unga ruxsat berdi. Shayton o`zining va`dalarini ijro e`tib, Allohning bandalarini xo`rlay boshladi. Alloh ta`olo dedi: "(Shayton): "Robbim, menga qiyomat kuniga qadar muhlat ber" dedi. (Alloh): "Senga belgilangan kunga qadar muhlat berildi" dedi. (Shayton): "Robbim, meni adashtirganing uchun u (banda)larga Yer yuzida (ko`p narsalarni) ziynatli qilib k`orsataman va ularning barchasini adashtiraman" dedi". (Hijr: 36 - 39)


 Shayton mutakabbirdir.


Alloh ta`olo dedi: "(Biz) farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!" dedik. Ular sajda qildilar. Faqat, Iblis (sajda qilishdan) bosh tortdi va kibr qildi". (Baqara: 34)


 Shayton kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi.


Alloh ta`olo dedi: "Shayton sizlarga kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi". (Baqara: 268)


 Shayton Alloh haqida bilimsiz so`zlarni aytish va bahs qilishni qo`zg`aydi.


Alloh ta`olo dedi: "Odamlarning ba`zilari Alloh haqida bilimsiz bahs qiladi va adshtiruvchi Shaytonga e`rgashadi". (Haj: 3)


 Shayton mo`minlar o`rtasida adovatni qo`zg`aydi.


Alloh ta`olo dedi: "Bandalarimga ayting: "Chiroyli so`zlarni so`zlasinlar. Chunki, Shayton ular (o`rtasidagi muhabbatni) tortib oladi. Darhaqiqat, Shayton insonning dushmanidir". (Isro`: 27)


Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: "Shayton (Arab) yarim orol(i)da o`ziga namozxonlar ibodat qilishlaridan noumid bo`ldi. Faqat, ular o`rtasida adovat qo`zg`ashdan noumid bo`lmadi"- dedilar. (Imom Muslim rivoyati)


 Shayton isrof qiluvchi kimsalar bilan birgadir.


Alloh ta`olo dedi: "Isrof qiluvchi kimsalar Shayton bilan birgadirlar". (Isro`: 27)


Barcha narsada isrofga yo`l qo`ygan kimsadan Shayton ajramaydi.


 Shayton narsalarni o`z nomidan boshqa nomlar bilan nomlaydi.


Alloh ta`olo u haqida shunday dedi: "(Shayton): "Hoy Odam, men senga abadiylik daraxti va bitmas-tuganmas boylikni ko`rsataymi?" dedi". (To-ha: 12)


Shayton (Odam alayhissolatu vassalomning yaqinlashishi) ta`qiqlangan daraxtni "Abadiylik daraxti" deb aytdi. Aslida e`sa u daraxtning nomi boshqa e`di.


 Shaytonning Qur`oni - qo`shiq (ashula) dir.


Alloh ta`olo dedi: "Ovozing bilan o`zing hohlagan kimsani tebrantir". (Isro`: 64)


Shubhasiz, Shaytonning tovushi - qo`shiqdir. Shaytonning qurollari - cholg`u asboblaridir. Shayton ular bilan qancha-qancha odamlarga hiylalar qildi. Allohning o`zi bizga yordam bersin!


 Shayton Allohning yaratgan narsalarini o`zgartishga buyuradi.


Alloh ta`olo dedi: " Albatta, men ularga buyruq beraman va ular albatta, Allohning yaratgan narsalarini o`zgartadilar". (Niso: 119)


 Shayton chap qo`li bilan yeydi, chap qo`li bilan ichadi, chap qo`li bilan oladi va chap qo`li bilan uzatadi.


Rasululloh sollalohu alayhi va sallam dedilar: "Sizlarning biringiz o`ng qo`li bilan yesin, o`ng qo`li bilan ichsin, o`ng qo`li bilan olsin va o`ng qo`li bilan uzatsin (bersin). Chunki, Shayton chap qo`li bilan yeydi, chap qo`li bilan ichadi, chap qo`li bilan uzatadi (beradi) va chap qo`li bilan oladi". (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)


 Shayton namozlarni jamoat bilan o`qimaydigan kishilarga hokim bo`lib oladi.


Rasululloh solallohu alauhi va sallam dedilar: "Sahro yoki qishloqda bo`lgan uch kishi namozni o`rtalarida to`kis ado e`tmas e`kanlar, Shayton ularga hokim bo`lib oladi. Bas, jamoatni lozim tutinglar! Chunki, bo`ri ham chetda qo`lgan qo`yni yeydi". (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)


 Shayton namoz o`qiyotgan kishining yoniga keladi.


Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Shayton sizlardan biringiz namoz o`qiyotgan paytda kelib, vasvasa qiladi va u qancha namoz o`qiganini bilmay qoladi. Qaysi biringiz shu holatda qolsa o`tirgan holatida, salom berishdan avval, ikki sajda qilsin va salom bersin". (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)


 Shayton namozxonlarning namozdagi saflarida bo`sh qolgan bo`shliqlarga kirib oladi.


Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Saflarni tekis qilinglar. Chunki, sizlar farishtalarning saflari bilan safga tizilasizlar. Elkalarni bir-biriga tekkizinglar, oraliqlarni to`ldiringlar. Shayton uchun bo`sh yerni qo`ymanglar. safga etishgan kishiga Alloh etishadi. Safni uzgan kishini Alloh azza va jalla uzadi". (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)


 Shayton aka-ukalarning qalblarida bir-birlariga bo`lgan nafratni qo`zg`aydi.


Yusuf alayhissolatu vassalomga bo`lgan akalarning adovati kabi. Alloh ta`olo Yusuf alayhissolatu vassalomning tilidan shunday dedi: "Shayton men bilan og`alarim o`rtasida vasvasa qilganidan so`ng...". (Yusuf: 10)


 Shayton tushungizda siz yoqtirmagan narsalarni ko`rsatadi.


Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Biringiz o`zi sevgan tushni ko`rsa, Allohga hamdlar aytsin va bu tushni so`zlab bersin. Agar bundan boshqa, o`zi yoqtirmagan tushni ko`rsa, bu tush Shaytondandir". (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari, sahih hadis)


 Shayton uyqudagi odamning boshiga uchta tugun tugib qo`yadi.


Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Shayton sizlardan biringizning boshiga, uxlagan paytida, uchta tugun tugib qo`yadi. Har bir tugunga e`sa: "sening ustingda uzoq kecha bor"- deb dam dam soladi. U agar uyg`onib Allohni yod qilsa, bitta tugun yechiladi. Tahorat qilsa, ikki tugun yechiladi. Namoz o`qisa, barcha tugunlar yechiladi va u faol, qalbi toza holatida tong ottiradi. Bo`lmasa, yalqov va qalbi buzuq holatida tong ottiradi". (Imom Muslim rivoyati)


 Shayton jamoatdan uzoq bo`ladi.


Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Sizlardan biringiz jannat kengliklarini hohlasa, jamoatni lozim tutsin. Chunki, Shayton yakka qolgan kishi bilan birgadir va ikki kishidan uzoqdir". (Imom Termiziy rivoyati, sahih hadis)


 Xilvatda yolg`iz qolgan e`rkak va ayolning uchunchisi - Shaytondir.


Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "(Bir) e`rkak (mahrami bo`lmagan) ayol bilan xilvatda yolg`iz qolmasin. Chunki, ularning uchunchisi Shaytondir". (Ibn Mojja rivoyati, sahih hadis)


So`ng ...


Iymonli do`stim, shuni unutmanki, banda Shaytonga itoat e`tar va Alloh ta`ologa sherik qilar e`kan, Alloh ta`olo Shaytongauning ustidan hukm yuritish haqqini beradi. Shuning uchun ham, yaxshilik topgan kishi Allohga hamdlar aytsin. Yomonlik topgan kishi e`sa, o`zidan boshqani malomat qilmasin.


Alloh ta`olo payg`ambarimiz, uning oilasi va sahobalariga salavot va salomlar yo`llasin


*          *          *





 



Recent Posts

Құлшылыққа құлшындыра ...

Құлшылыққа құлшындыратын 9 оқиға

Жолын ашқысы келген к ...

Жолын ашқысы келген кісі үшін 10 әдіс

«Қызың өссе, қызы жақ ...

«Қызың өссе, қызы жақсымен көрші бол!»

Таңғы және кешкі зікі ...

Таңғы және кешкі зікірлер (кемінде жаттап алып, айтып жүру керек зікірлер)